
"Dinamo"ning "Metallurg"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida bitta gol urildi
FIFA kunlari sabab Superligada yuzaga kelgan tanaffusda "Dinamo" Toshkent viloyatida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgani haqida xabar bergandik.
"Dinamo" jamoasi "Metallurg" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Vadim Abramov dastlabki bo‘limda asosiy tarkib o‘yinchilarini maydonga tushirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda bir qator samarqandlik yosh o‘yinchilar sinovdan o‘tkazildi. Uchrashuvning 89-daqiqasida yosh o‘yinchi Firdavs Abdurahmonovning goli ko‘hna shaharliklarga g‘alaba keltirdi – 1:0.
O‘rtoqlik o‘yini. 2 sentyabr
"Metallurg" - "Dinamo" - 0:1
Bosh hakam: Ahrol Risqullaev
Gol: Firdavs Abdurahmonov, 89.
"Dinamo": Farhod Rahmatov, Dushan Miyich, Salim Mustafoev, Ulug‘bek Abdullaev, Frantsis Narx, Ratino, Duglas Maykon, Azizbek Ahmedov, Sanjar Shoahmedov, Anvarjon Hojimirzaev, Markos Kayk.
Zaxiradan maydonga tushganlar: D.Rahmatullaev, J.O‘rozov, H.Iminov, X.Xalilov, V.Oqbo‘taev, F.Abdurahmonov, D.Baxtiyorov, S.Ne’matov.
Fikrlar