"Dinamo" so‘nggi nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Natija esa...

  • 6 mart, 2023, 21:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liga yangi mavsumiga tayyorgarlik jarayonini o‘tkazayotgan «Dinamo» jamoasi so‘nggi nazorat bahsida maydonga tushdi.

Tecno

Bu safar Vadim Abramov shogirdlari birinchi liganing «Bunyodkor-farm» klubiga qarshi saf tortdi. Uchrashuvda Grigalashvili, Tursunqulov va Joelning dubli jamoaga yirik g‘alabani keltirdi – 4:0.

Bugungi o‘yindan keyin «Dinamo» Samarqandga qaytdi. Klub 9 martdan o‘z qarorgohida mashg‘ulotlarga kirishadi.

O‘rtoqlik o‘yini. Toshkent

6 mart (dushanba)

«Dinamo» - «Bunyodkor-farm» - 4:0

Gollar: Elguja Grigalashvili, Hazrat Tursunqulov, Kojo Joel dubl.

«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Evgeniy Nazarov, Xurshid Ubaydullaev, Komil Sharofutdinov, Koike Yuday, Dilshod Rahmatullaev, Muhammadbobur Asadullaev, Hazrat Tursunqulov, Frantsis Narx, Elguja Grigalashvili, Kojo Joel.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Ravshan Yagudin, Doston Foteev, Vohid Oqbo‘taev, Javlon Malikov, Bobur Mamadaminov, Bahodir Abduvaliev.

“Dinamo” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!