Dilshod Komilov: "Andijon"da yodda qoladigan taassurotlarim ko‘p bo‘ldi"

  • 7 yanvar, 2024, 01:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Iste’dodli himoyachi Dilshod Komilov “Andijon”dagi faoliyatini yakunlab, “Lokomotiv”ga klubiga qaytdi.

Tecno

Boisi, o‘tgan yili futbolchi aynan “Loko”dan andijonliklar tarkibiga kelib qo‘shilgandi.

Komilov “Burgutlar” bilan xayrlashib sobiq klubiga qaytgach, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Dilshodbek, avvalo "Lokomotiv"ga qaytishingiz tafsilotlari xususida to‘xtalib o‘tsangiz?

- Assalomu alaykum! “Lokomotiv”ga qaytishimga kelsak, chempionat yakunlanganidan keyin taklif tushdi va o‘ylab ko‘rib, u erga qaytishga qaror qildim.

dilshod komilov5

- “Andijon”da o‘tkazgan bir yillik faoliyatingiz haqida fikringiz qanday? Nimasi bilan yodda qoldi?

- Bilasizmi, “Andijon” klubida yodda qoladigan taassurotlarim ko‘p bo‘ldi. Birinchi o‘rinda muxlislar ajoyib ekanligini aytishim kerak. Ularga alohida rahmat. Jamoamiz juda ahil bo‘ldi. Qiyin vaziyatlarda ham birdamligi yo‘qolmagani bilan ham yodimda qoldi.

- “Lokomotiv”ga qaytdingiz va u erdagi asosiy maqsadingiz qanday? Nimaga erishmoqchisiz?

- “Lokomotiv” jamoasiga qo‘limdan kelganicha foydam tegib, avvalgi mavqeini qaytarishga va yuqori o‘rinlar uchun kurashishga harakat qilamiz. Albatta, doimgidek milliy terma jamoadan chaqiruv olishni ham maqsad qilganman.

dilshod komilov1

- “Andijon”ni tark etish qiyin bo‘lmadimi? Yangi mavsumda imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Ha, qiyin bo‘ldi. Chunki jamoaga ancha moslashib qolgandim. Hamma jamoadoshlarimga, murabbiylarga va barchaga rahmat aytaman. 2024 yilda “Andijon” jamoasiga omad tilayman va eng yaxshi tilaklarimni bildiraman.

- “Andijon”da siz uchun unutilmas o‘yin qaysi bo‘ldi?

- Men uchun unutilmas o‘yin “Metallurg” ustida 5:0 hisobidagi g‘alabamiz bo‘ldi. Bu men uchun unutilmas kun va ajoyib o‘yin bo‘lgan.

dilshod komilov4

- “Andijon” ishqibozlariga nima degan bo‘lardingiz? Adashmasam, faoliyatingizda ilk bor muxlislar gavjum stadionda o‘ynadingiz. Ya’ni, Andijon stadionidagi atmosferani ko‘rdingiz va bunday muhitda o‘ynash sizga qanday ta’sir qildi? Endi bunday muhit sizga etishmaydi, deb o‘ylaysizmi?

- Ularga alohida rahmat. Bunday muxlislar qarshisida to‘p surish juda yoqimli. Har bir o‘yinda stadion to‘lsa, o‘yin shiddatli va qiziqarli bo‘ladi. Bu futbolchilarga ham qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Hammasi uchun rahmat – “Andijon”!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
07/01/2024 09:30
Сенга рахмат мазунли ва яхши у'инларинг учун