Dibalaning "Yuventus"dagi o‘rnini Koutino egallashi mumkin

  • 23 aprel, 2019, 22:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi "Barselonya" vingeri Filippe Koutinoga jiddiy qiziqib qoldi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” 26 yoshli braziliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olmoqchi. Koutino “Yuventus” safida jamoadan ketishi kutilayotgan Paulo Dibalaning o‘rnini egallashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq kataloniyaliklar Koutinoni 100 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Koutino joriy mavsum “Barselona” safida jami 48ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning “ko‘k-anor ranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
махмуда Джураева
25/04/2019 15:08
Аллегри Дибалани куйиб юборса, катта хато килади.
махмуда Джураева
25/04/2019 15:08
Аллегри Дибалани куйиб юборса, катта хато килади.