Dibalani Madridga olib ketishmoqchi

  • 1 dekabr, 2020, 15:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Paulo Dibala yozda "Yuventus"ni tark etishi haqida xabarlar tarqalganidan buyon uning haridorlari ko‘paymoqda. 

Tecno

TodoFichajes nashri xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi uchun kurashga "Atletiko Madrid" ham qo‘shildi.

"Keksa sinora" rahbariyati Dibalaning transferini 80 million evroga baholamoqda. "Matraschilar" esa Alvaro Morata uchun "Yuventus" to‘lashi kerak bo‘lgan 35 million evro va yana qo‘shimchasiga 40 million evroli taklif hozirlamoqda.

Argentinalik futbolchi uchun "Atletiko"dan tashqari "Real", PSJ va "Tottenxem" klublari ham da’vogarlik qilishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!