Dibala Shomurodovga qarshi o‘ynamoqchi

  • 5 oktabr, 2021, 19:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala jarohatidan sog‘ayib, safga qaytishga yaqin. Bu haqda Sportmediaset nashri xabar bermoqda.

Tecno

Argentinalik futbolchi aynan jarohati tufayli Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan “Chelsi”ga qarshi va A Seriyaning “Torino”ga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yubordi. Ammo u 17 oktyabr kuni bo‘ladigan “Roma”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin.

Bundan tashqari, “Yuventus”ning Dibala bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha olib borayotgan muzokaralari ham ijobiy ketmoqda. Katta ehtimol bilan tomonlar amaldagi kelishuvni 2025 yilga qadar uzaytirishadi. Yangi shartnomaga ko‘ra, Dibalaning yillik maoshi 10 million evro bo‘ladi.

27 yoshli Dibala joriy mavsum A Seriyada jami 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
05/10/2021 22:28
Дибала Шомуродов ҳақида бирон нима дебдими??? Деган савол билан кирдим ўқишга. Европадаги ҳар бир нарса ҳабарда Шомуродовни боғлаб ўқитаверинглар ҳалқни...
&
Бухорий Шариф
05/10/2021 22:28
Дибала Шомуродов ҳақида бирон нима дебдими??? Деган савол билан кирдим ўқишга. Европадаги ҳар бир нарса ҳабарда Шомуродовни боғлаб ўқитаверинглар ҳалқни...
&
Rescara
05/10/2021 19:42
Шомуродовга нима алокаси бор бу маколани??? Админ пиарниям инсоф билан килила