
Dibala Ronaldu va Messi haqida qiziq fikrlarni bildirdi
Argentinalik futbolchi Paulo Dibala Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ronaldu bilan birga harakat qilish ajoyib edi. Uning fidokorligidan ko‘p narsa o‘rganish mumkin edi.
Krishtianuning g‘alabaga va rivojlanishga bo‘lgan talabchanligi "Yuventus"dagi hammani hayron qoldirardi. Hozir uning Saudiya Arabistonidagi qoyilmaqom ko‘rsatkichlaridan ajablanmayapman, ochig‘i.
Messi bilan to‘p tepish esa mening bolalikdagi orzum edi. U biz kabi yigitlarga doim motivatsiya bo‘lib kelgan. Leoni maydonda bir jamoa libosi ostida ko‘rganim mening omadli futbolchi ekanimni anglatadi", - dedi argentinalik hujumchi.
Fikrlar