
"Devis kubogi". Tennischilarimiz hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi
Tennis bo‘yicha norasmiy Jahon chempionati hisoblangan "Devis kubogi"da yurtimiz sharafini sportchilarimiz himoya qilmoqda.
17 sentyabr kuni yakkalikning ikki bahsida imkoniyatni boy bergan vakillarimiz bugun hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Juftlikda Denis Istomin va Sanjar Fayziev tandemi Kasper Ruud hamda Viktor Durasovichdan ustun keldi. Yakuniy hisob 7:6 (7:1), 6:3.
Ma’lumot uchun, Denis yakkalikda Durasovichga ikki setda bir xil, 4:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Fayziev esa, nomdor Kasper Ruudga 3:6, 1:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Fikrlar