Desham muhim futbolchilarni nega erta almashtirdi?

  • 19 dekabr, 2022, 10:56
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Argentinaga qarshi bahsning birinchi bo‘limi tugab borayotgan bir paytda Olive Jiru va Usmon Dembelening erta almashtirilganini tushuntirdi.

Tecno

"Agar biz 3:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan bo‘lganimizda boshqa yo‘ldan ketgan bo‘lardik. Rejalarimizni bir soat davomida to‘g‘ri bajara olmadik, lekin keyin katta jasorat, kuch va mahorat evaziga Argentinani mahv etishga muvaffaq bo‘ldik.

Agar men o‘zgarishlarga juda erta qo‘l urgan bo‘lsam, bu meni o‘yindan qoniqmaganim belgisidir. Stsenariyni bundan ham yaxshiroq qilishni o‘yladim. Bu almashtirilgan futbolchilarni aybdorga chiqarish kerak degani emas", - dedi Desham o‘yindan so‘ng.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi uchinchi marta jahon chempioni bo‘ldi. Avvalroq, janubiy amerikaliklar 1978 va 1986 yillarda ushbu turnirda g‘olib chiqishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!