
Desham finalda Olive Jiruni asosiy tarkibda o‘ynatmasligi mumkin
Dide Desham murabbiylik faoliyatida ikkinchi bor jahon chempionati finalia qadar etib keldi. Frantsiyani oldinda Argentnaga qarshi uchrashuv kutmoqda. Mutaxassis o‘yin oldidan tarkibda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirishi mumkin.
“RMC Sport”nashri berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, finalda Olive Jiru asosiy tarkibda maydonga tushmaydi. Desham uning o‘rniga Markus Tyuramni Mbappe bilan juftlikda o‘ynatishi kutilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri, “Milan” hujumchisining tezligi qarshi hujumda o‘ynashda qo‘l kelmasligi mumkin.
Jiru ushbu mundialda faqatgina gurux bosqichning 3-turidan o‘rin olgan Tunisga qarshi o‘yinda zaxirada qoldirilgan. U 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar