
De Yong: Messining "Barsa"da qolganidan xursandman
“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong argentinalik jamoadoshi Lionel Messining “Kamp Nou”da qolishidan mamnun ekanini bildirdi.
“Shaxsan men Messi jamoada qolganidan xursundman. Lionel – dunyoning eng zo‘r futbolchisi, uning qarori meni quvontirdi.
Bu “Barselona” va Messining ishi. Men u erga bormadim va vaziyatni hamma qatori tashqaridan kuzatdim”, - deydi gollandiyalik futbolchi.
33 yoshli Messi "Barsa"dan ketishni rejalashtirayotgan edi, ammo so‘nggi muzokaralardan keyin u yana bir yil jamoada qolishga qaror qildi.
Fikrlar