
De Yong: Messi gapirganda, diqqat bilan tingla!
“Barselona” xavbeki Frenki de Yong argentinalik jamoadoshi Lionel Messidan bebaho tajriba olayotganini aytdi.
“Ayaks”da va Gollandiya terma jamoasida men maydonda umuman boshqa vazifani bajaraman. Bu erga ham moslashishim kerak. Hozircha hammasi yaxshi va men bu jamoada yanada o‘sishga erisha olaman. Agar Lionel Messi sen bilan gaplashsa va maslahat bersa, uni diqqat bilan tingla va bundan foydalan! Chunki, u – dunyoning eng yashi futbolchisi. Ba’zan u qanday qadam tashlash kerakligini ham o‘rgatadi, mana shunday kichik narsalar ham ba’zan muhim ahamiyatga ega bo‘ladi”, - deydi 23 yoshli gollandiyalik futbolchi.
Fikrlar