
De Yong Gollandiya - Angliya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Avval xabar berganimizdek kecha Gollandiya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi ikkinchi yarim final juftligida Angliyaga qarshi bahs olib bordi. Garchi birinchi bo‘lib o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsada, yakunda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
UEFA esa Frenki de Yongni ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topdi. Ta’kidlash kerakki, u o‘yin davomida 10ta yakka kurashlarda g‘olib chiqdi, uning oshirgan 105ta uzatmasidan 96% aniq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, endi Gollandiya musobaqa finalida Shveytsariyani engan Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar