De Xeani Bundesligada kutishmoqda

  • 16 yanvar, 2023, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xea faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Sportskeeda xabariga ko‘ra, 32 yoshli ispaniyalik darvozabonga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda. Nemis grandi oyog‘idan jarohat olib, safdan chiqqan  Manuel Noyerga munosib o‘rinbosar qidirmoqda. De Xeaning ayni damdagi transfer narxi esa 15 million evroga baholanmoqda. Uning "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan.

David joriy mavsum Angliya premer-ligasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasida 21 ta gol o‘tkazib yuborgan, 9 ta uchrashuvda esa o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!