
De Xeaga Saudiya Arabistonidan ikkita taklif bor
"Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni David De Xea Saudiya Arabistonidan ikkita taklif oldi.
Manbaga ko‘ra, hozirda muzokaralar olib borilmoqda. Hozircha unga qaysi klublar qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar yo‘q.
Bir hafta oldin "Bavariya" darvozabonning atrofidagilar bilan bog‘langan edi. Shunday bo‘lsa-da, Myunxen klubining ustuvor vazifasi - "Brentford" darvozaboni David Rayyani sotib olish. Biroq ushbu transfer borasida myunxenliklar APL klubi bilan kelisha olmayapti.
Fikrlar