
De Xeaga APL klubidan qiziqish bo‘lmoqda
"Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni David de Xea Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. "Teamtalk" nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalikning xizmatlariga Londonning "Arsenal"idan qiziqish bo‘lmoqda.
"Kanonirlar" sport direktori Edu Gaspar Devidning nomzodini jamoa bosh murabbiyi Mikel Artetaga taklif qildi. De Xea kelayotgan yozda klubini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan Ramsdeyl o‘rniga nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Ispaniyalik posbon ayni damda jamoasiz bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli keper 2011 yildan 2023 yilgacha "qizil iblislar" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar