De Xea Masharipovning jamoasidan super taklif oldi

  • 2 iyul, 2023, 11:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiyaning “An-Nasr” klubi o‘z safini “Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xea bilan kuchaytirish niyatida.

Tecno

Hozirda 32 yoshli ispaniyalik posbon erkin agent ro‘yxatiga kiritilgan, chunki u "Manchester Yunayted" bilan 1 iyulda tugaydigan shartnomasini uzaytirmagan. Ispaniyalik futbolchi "qizil iblislar"da o‘ynashda davom etishi mumkin, ingliz klubi esa transfer byudjetining muhim qismini yangi darvozabon sotib olishga sarflamaslik uchun u bilan yangi mehnat shartnomasini kelishib olishni kutmoqda.

Ayni paytda, jurnalist Alan Niksonga ko‘ra, de Xea “An-Nasr” uchun ustuvor maqsad bo‘lib qolgan. Saudiya klubi futbolchiga haftasiga 250 ming funt (290 ming evrodan ortiq) to‘lashga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!