De Xea Ispaniya bilan Jahon chempionatiga bormaydigan bo‘ldi

  • 29 oktabr, 2022, 12:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" posboni David De Xea Qatardagi Jahon chempionatiga bormasligi ma’lum bo‘ldi. U Ispaniyaning kengaytirilgan tarkibidan o‘rin olmadi. 

Tecno

Davidning o‘rniga Kepa Arrisabalaga ("Chelsi"), David Rayya ("Brentford") va Robert Sanchez ("Brayton") kabi darvozabonlar nomi keltirib o‘tilgan. 

Eslaib o‘tamiz, De Xea 2018 yilgi mundialda ham "qizil furiya" tarkibida asosiy darvozabon sifatida ishtirok etgan. Bu safar uning tarkibga kiritilmasligi Luis Enrikening qarori bilan bo‘ldi. 

Mutaxassis ayni payt tarkibdagi posbonlar Ispaniyadagi eng yaxshilari, deb hisoblamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!