
De Xea faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
Saudiya Arabistoni klublaridan qiziqish bildirilayotgan ispaniyalik darvozabon David de Xea faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
"Todofichajes" nashrining xabar berishicha, "Roma" 32 yoshli erkin agent xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Rim klubi portugaliyalik Rui Patrisiuning o‘yinidan norozi va uning o‘rniga o‘rinbosar qidirmoqda. De Xea "bo‘rilar" uchun ideal variant, chunki uning transferi uchun hech qanday to‘lov olinmaydi.
David 2011 yildan 2023 yilgacha "Manchester Yunayted"da o‘ynagan. O‘tgan yozda futbolchining "qizil iblislar" bilan shartnomasi tugadi va u "Old Trafford"ni tark etdi.
Fikrlar