David de Xeani yana bir superklub chaqirmoqda

  • 30 sentabr, 2022, 18:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xea yozda jamoasini almashtirishi mumkin. Uning shartnomasi yakunlanmoqda. Klubda kelishuvni uzaytirish huquqi bor. Lekin manchesterliklar boshqa posbon qidirayotgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

David de Xea darajasidagi darvozabon ishsiz qolmasligi tabiiy. Uni “Yuventus” Italiya chempionatiga chorlayotgan edi. Endi kurashga “Atletiko” qo‘shildi.

De Xea “Manchester Yunayted”ga 2011 yili aynan “Atletiko”dan transfer qilingan. Madridliklar yuqori saviyali darvozabon qidirayotgani bejiz emas.

Ayni paytda “Atletiko” darvozasini qo‘riqlayotgan Yan Oblakning ham shartnomasi oxirlab qoldi. Unga bir necha klub, xususan, “Manchester Yunayted” ham da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!