
David De Xea kutilmaganda “Manchester Yunayted”ni tark etadigan bo‘ldi
“Manchester Yunayted” rahbariyati yozda jamoa uchun birinchi raqamli darvozabon topishiga to‘g‘ri keladi.
Klubning asosiy posboni David de Xea ketadigan bo‘lyapti. Ispaniyalik posbonning shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. 32 yoshli posbon yangi bitim tuzish uchun maoshining pasayishiga rozi bo‘lgan edi.
Biroq, klub mutasaddilari taklif qilgan shartnoma darvozabonga ma’qul kelmadi. TodoFichajes nashrining ma’lum qilishicha, David de Xea Angliya Premer-ligasidan boshqa jamoasi topishi yoki Ispaniyaga qaytib ketishi kutilmoqda.
“Manchester Yunayted” iste’dodli darvozabonni 2011 yili “Atletiko”dan transfer qilgandi. Shundan beri David manchesterliklar uchun 529 ta uchrashuvda maydonga tushib, 575 ta gol o‘tkazdi. U quruq uchrashuvlar soni bo‘yicha klub rekordchisi hisoblanadi.
Fikrlar