
Darya Latisheva Osiyo o‘yinlarining ikki karra sovrindori!
Xitoyning Hanchjou shahrida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
Ushuchimiz Darya Latisheva ham bugun delegetsiyamiz hisobiga yana bir medalni taqdim qildi. Sportchimiz nankuan va nandao dasturlari yakuniga ko‘ra, Xitoy hamda Malayziya vakillaridan keyin bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, bu Darya uchun Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi medal. Hamyurtimiz 2018-yilgi musobaqada kumush medal sohibiga aylangan edi.
Fikrlar