
Darvozabon rekordga qariyb 10 yil sarfladi
“Tottenxem” darvozaboni Ugo Loris Angliya premer-ligasining ikkinchi turida “Vulverxempton”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushib, tarixiy rekord sohibiga aylandi.
Bu frantsiyalik posbon uchun “Tottenxem”dagi 300-uchrashuv bo‘ldi va u ushbu jamoa tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi sifatida qayd etildi. Avvalgi rekord jamoaning sobiq yarim himoyachisi Darren Andertonga tegishli bo‘lib, 299 ta uchrashuvda iborat edi.
Ugo Loris bu natijaga qariyb o‘n yilda erishdi. U 2012 yildan beri “Tottenxem” sharafini himoya qilib kelmoqda va uning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
Fikrlar