Darvozabon “Real”dan boshqa o‘yinchilarni olib kelishni so‘radi

  • 7 dekabr, 12:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu haqda El Nacional nashri ma’lumot tarqatdi.

Tecno

“Real” darvozaboni Tibo Kurtua qishki transfer oynasida madridliklar himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun yuqori darajadagi ikki futbolchi bilan shartnoma imzolashi kerak, deb hisoblamoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 33 yoshli belgiyalik posbon bu masalada klub rahbariyatiga shaxsan murojaat qilgan. Uning fikricha, agar bu transferlar amalga oshirilmasa, mavsum oxirida jamoa o‘tgan yilgi kabi muammolarga duch keladi.

Kurtua “Real” himoya chizig‘ida muvozanat buzilganini va tarkibni kuchaytirishga ehtiyoj borligini ta’kidlamoqda.

Klub rahbariyati ham anchadan beri bu muammoga echim qidirmoqda. “Qirollik klubi” himoya markazini kuchaytirish uchun “Liverpul”dan Ibrohim Konate va “Kristal Pelas”dan Mark Gexini olib kelmoqchi.

Madridliklar nishonida turgan Angliya Premer-ligasining ikki markaziy himoyachisi joriy mavsum oxirida erkin agentga aylanadi. Shu bois, ular bilan yanvar oyidayoq aloqa o‘rnatish imkoni bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!