
Danso transferi barbod bo‘ldi
"Lans" himoyachisi Kevin Danso faoliyatini "Roma"da davom ettirishga yaqin kelgandi. Ammo futbolchi ortga qaytadigan bo‘ldi. Sababi, u tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmadi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, transfer barbod bo‘ldi va himoyachi mavsumni "Lans"da davom ettiradi. Frantsiya klubi esa uning tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmaganiga ishonmayapti.
Rimliklar endilikda boshqa transfer ustida ishlmoqda. Qishda "Yuventus" tarkibiga kelib qo‘shilgan portugaliyalik himoyachi Tyago Jalo "Roma"ga o‘tishga yaqin turibdi.
Fikrlar