Dam olish kunlari ko‘rishingiz shart bo‘lgan top-3 uchrashuv!

  • 17 oktabr, 20:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari yakuniga etdi va ushbu dam olish kunlarida Evropa top-5 ligalarida bir qator markaziy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Ular orasida 3 ta eng katta bahslarni tanlab oldik.

Tecno

Birinchi uchrashuv. Angliya Premer-ligasining 8-tur bahsi - "Liverpul"  - "Manchester Yunayted"

Dastlabki 5 tur yakunlariga ko‘ra APL turnir jadvalida yakka hokimlikni qo‘lgan olib, keyingi ikki uchrashuvda alamli mag‘lubiyatlarni qabul qilib olgan "mersesaydliklar" uchun ushbu bahs mag‘lubiyatli seriyaga yakun yasash uchun xizmat qilishi mumkun. "Qizillar" so‘ngi ikki bahsda, avvaliga "Kristal Pelas"ga, keyn esa "Chelsi"ga qarshi Londonda so‘ngi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol evaziga mag‘lubiyatga uchradi.

Shu bilan bir qatorda, etakchilikni ham "Arsenal"ga boy berdi. "Manchester Yunayted" esa so‘nngi bahsda g‘alaba qozongan holda ushbu uchrashuvga etib keldi. "Qizil iblislar" stabil o‘yin namoyish eta olmayotganini inobatga olsak, ushbu uchrashuvda favorit sifatida "Liverpul"ni etirof etsak to‘g‘ri bo‘lsa kerak. Ammo "mankuniyanliklar" katta jamoalarga qarshi o‘yinlarga boshqacha tayyorgarlik ko‘rishini hisobga olsak, "qizillar"ga ham g‘alaba qozonish oson bo‘lmasligi tabiiy. Bellashuv 19 oktyabr kuni soat 20:30 da start oladi.

Ikkinchi to‘qnashuv. Italiya A Seriyasining 7-tur o‘yini. "Roma" - "Inter"

So‘ngi 5 ta uchrashuvning to‘rttasida g‘alaba qozongan rimliklar joriy mavsumda chempionlikni maqsad qilgani ko‘rinib turibdi. Yakunlangan 6 tur holatiga  ko‘ra besh g‘alaba bir durang natija qayd etgan holda 15 ochko bilan jadvalning ikkinchi pog‘onasini band etgan. "Inter" esa Chempionlar ligasi va A Seriya doirasidagi so‘ngi 5 o‘yinning barchasida raqiblarini mag‘lub etdi. Ular oxirgi marta 13 sentyabr sanasida Turinda "Yuventus"ga mag‘lub bo‘lgan edi. Jamoalarning o‘zaro so‘ngi o‘yinida "Roma" safarda 0:1 xisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytgan. Shundan ko‘rinib turibdiki, bo‘lajak bahsda g‘olibni tahmin qilish ham biroz mummo tug‘diradi. Ushbu match 18 oktyabr sanasida soat 23:45 da boshlanadi.

Uchinchi bahs. Germaniya Der-Klasikeri "Bavariya" - "Borussiya Dortmund" 

Nafaqat turning, balki mavsumning markaziy uchrashuvi bo‘lish ehtimoli bor. Bellashuv Myunhendagi "Alyans" arenada bo‘lib o‘tadi. "Bavariya" 6 o‘yindan so‘ng 100 foizlik natija bilan turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda. Dortmundliklar esa 4 ta g‘alaba va 2 durang natija bilan aynan Myunhen super klubidan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

"Bavariya" joriy mavsumda Bundesligada ham Chempionlar ligasida ham yo‘lidan chiqqan raqibni yo‘q qilib tashlayotganini xisobga olsak, ushbu bahsda ham ular favorit hisoblanadi. Ammo "Borussiya" ham mazmunli o‘yinlar namoyish etayotganini va mag‘lubiyatsiz seriya namoyish etayotganiga e’tibor qaratsak ular ham g‘alaba uchun harakat qilishlari aniq. Uchrashuv 18 oktyabr kuni soat 21:30 da start oladi.

Ulug‘bek Xoshimov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!