
Dahshat: Islom Maxachev va Xamzat Chimaev bir turnirda oktagonga ko‘tarilishi mumkin
UFC tez orada engil va o‘rta vazn toifasida chempionlik janglarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, bu katta ehtimol bilan iyun oyida, Las-Vegasdagi "Xalqaro janglar haftaligi" da bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xamzat Chimaev jamoasiga yaqin bo‘lgan menejer va murabbiy Rasul Shamsudinov xabar qildi.
“Iliya Topuriya va Islom Maxachev o‘zaro jang qilishga yaqin. Bu to‘qnashuv iyun oyida bo‘lib o‘tishi mumkin. Shuningdek, ushbu turnirda ikkita chempionlik jangi o‘tkaziladi. Ya’ni Xamzat Chimvaev o‘rta vazn chempioni Dyu Plessiga qarshi oktagonga ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu hali rasmiy emas, lekin tez orada e’lon qilinadi" - dedi Shamsudinov ijtimoiy tarmoqlarida o‘tkazilgan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Maxachev va Topuriya o‘rtasidagi jang 28 iyun kuni "UFC 317" turnirida bo‘lib o‘tishi mumkinli xabar qilingandi.
Fikrlar