
Chevrolet MYuga Ronalduni olib keladi
“Manchester Yunayted”ning titul homiylaridan hisoblangan Chevrolet kompaniyasi klubga “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduni qaytarish uchun mablag‘ ajratishga tayyor ekanini bildirdi.
AQSh kompaniyasi transfer summasi 80 million evroga baholanayotgan futbolchining xaridiga ketadigan mablag‘dan tashqari, maoshining ma’lum qismini ham to‘lashga rozilik bergan.
Chevrolet rahbariyatining bunday qarorga kelishiga Ronalduning “Yuventus”ga o‘tishi bilan Turin klubiga homiylik qiluvchi Jeep kompaniyasining mashinalari savdosi keskin ko‘tarilgan.
“Manchester Yunayted” rahbariyati va bosh murabbiy Sulsher qudratli homiyning bu taklifiga o‘z munosabatini bildirgani yo‘q.
Fikrlar