Chetga surib qo‘yilgan reglament, debyutantlar, kutilgan ustunlik, taqvim, murabbiylar qo‘nimsizligi – birinchi davra voqeliklari

  • 8 iyul, 2019, 16:30
  • Bekzod Isayev
  • 12
  • Futbol
CHERY AUTO

Mana, Superliga-2019da birinchi davra bahslari yakunlandi. Ikkinchi davra boshlanguncha jamoalar nafas rostlab olishlari, tarkiblarini o‘zgartirishlari hamda yangi kuch va shijoat bilan musobaqani davom ettirish uchun munosib tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin. Murabbiy va mutaxassislar, futbolchi va muxlislar ortda qolgan davrga razm solib, e’tiborni tortgan voqealarni muhokama qilishmoqda. Biz ham o‘z munosabatimizni bildirib o‘tmoqchimiz.

Tecno

Chetga surib qo‘yilgan reglament

Mavsum boshlanishidan avval klublar tayyorgarlik ko‘rishdi. Lekin jamoalar chempionat qachon boshlanishi, kimlar ishtirok etishi, 1-turni qaerda va qaysi raqibga qarshi o‘tkazishni bilishmasdi. Chunki Superliga-2019da nechta ishtirokchi bo‘lishi qur’a tashlash marosimi boshlanishiga bir necha soat qolgandagina ma’lum qilindi (Bizda shunaqasi ham bo‘ladi!). Qiziq, a?! Istalgan mamlakatni oling, xoh u Osiyoda bo‘lsin, xoh Evropada, farqi yo‘q. Hamma joyda jamoalar soni hamda taqvim kamida bir oy avval ma’lum bo‘ladi. Murabbiylar shunga qarab reja tuzishadi va shogirdlarini tayyorlashadi. “Navbahor” klubining sobiq ustozi Andrey Kanchelskis aynan shu sabab o‘z e’tirozlarini bildirdi. Boshqalar aks-sado berishmadi. Chunki ortiqcha gapirishsa, PFL bilan oralariga sovuqchilik tushishi mumkinligini bilishadi.

ahmadjonov sports

Klublar sonini oshirmaymiz degan O‘FAning sobiq birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov qur’a tashlash marosimi paytida ko‘pchilikka syurpriz taqdim etdi. Nima emish: “homiylar klublarga pul tikayotgan, futbol rivojiga hissa qo‘shar ekan, biz nima uchun yo‘q deyishimiz kerak. Hokim shaxsan o‘zi jamoani ko‘tarmoqchi, biz ularga to‘sqinlik qilmaymiz”. Qiziq, futbol printsiplari qaerda qoldi? Agar yana kimdir pulim bor, menga bu jamoani elitaga chiqarib bering desa, u ham qo‘shilarmidi? Xullas, biz bu haqda avval ko‘p yozdik. Lekin O‘FAning avvalgi rahbarlari xohlaganlarini qilishdi. Natija-chi?..

Debyutantlar

“Andijon” Pro-liga g‘olibi sifatida elitaga chiqdi. “Dinamo” va “Surxon” Superligaga qo‘shib qo‘yildi. O‘zi kurashib chiqqan andijonliklar turnir jadvalining quyidan joy olgan. Yo‘q joydan paydo bo‘lib qolganlar esa kuchli uchlikka kirish uchun da’vogar. Ochig‘i, “Surxon” mavsum boshlanishidan oldin tarkibni sezilarli darajada kuchaytirib, Superligaga tayyor edi. Ammo “Dinamo” kimlar bilan ishtirok etishi barchani o‘ylantirayotgandi. Chunki tarkibda mashhur nomlar yo‘q edi. Samarqandliklar chempionatda qatnashishlari ma’lum qilinganidan keyin zudlik bilan yangilar jalb etildi. Biroq birinchi davrani jamoa 7-o‘rinda yakunlashini Davron Fayzievning o‘zi ham kutmaganligi aniq. “Dinamo” qisqa vaqt ichida tuzilgan, asosan mahalliy o‘yinchilar bilan kutilmagan natijalar qayd etdi. O‘z uyida “Nasaf” va “Navbahor”dan ochko oldi. “Lokomotiv”ni esa mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq safarda...

5091560608483_1

“Surxon”da ham vaziyat deyarli shunday. Avvaliga termizliklarning natijalari tasodifdek ko‘rindi. Lekin keyinchalik jamoa muxlislarini g‘alabalarga o‘rgatdi. “Surxon”ning uyida xatto “Paxtakor” gol urolmadi. Termizda mehmonlar g‘alaba qozonmadi. Lekin “Surxon”ning o‘ziyam mehmonda yirik mag‘lubiyatlarga uchradi.

Kutilgan ustunlik

Mavsum avvalida “Paxtakor” o‘z tarkibini yaxshigina kuchaytirdi. O‘z safiga mahoratli futbolchilarni qo‘shib oldi. Eng asosiysi, raqobatchilarini kuchsizlantirdi. Futbolda yozilmagan qoida bor: “agar sen chempion bo‘lishni istasang, raqobatchilaringni kuchsizlantir”. Arveladze aynan shu naqlga amal qildi. O‘zi ikki mavsum harakat qilib ko‘rdi. Legionerlar olib keldi, o‘xshamadi. Bu yil esa amaldagi chempionning asosiy futbolchilarini “tortib” oldi. Marat Bikmaev va Sadriddin Abdullaev shular jumlasidan. “Nasaf” yoppasiga Toshkentga “ko‘chirildi”. “Bunyodkor”ni tark etayotganlar boshqalarga o‘tib ketmasin deb tarkibda joy bo‘lmasa ham o‘ziniki qilib olindi. Akramjon Komilov va Sardor Sobirxo‘jaev hozir zaxirada o‘z navbatlarini kutib o‘tirishibdi. Vaholanki, Komilov terma jamoaga nomzod, Sobirxo‘jaev esa Mirjalol Qosimov paytida qayta “uyg‘ongan”di.

7031552745400

“Paxtakor”ni tushunsa bo‘ladi. Puli bor jamoa istagan futbolchisini sotib oladi. Ammo jamoa bu tarkib bilan xalqaro maydonda ham o‘zini ko‘rsatsa ayni muddao bo‘lardi. “Sherlar” OChLda guruhdan chiqa olishmadi. Demak, murabbiyga ham ko‘p narsa bog‘liq ekan!

Taqvim

Taqvim o‘zgartirish bo‘yicha PFLga teng keladigan yo‘q. Bu tashkilotning avvalgi rahbarlari o‘yinlar sanasi va vaqtini ko‘chiraverib, taqvimni bo‘yalmagan joyini qoldirishmadi. Boshqa biror mamlakat futbolining taqvimi bu darajada ko‘p o‘zgarmasa kerak. Nari borsa 2-3 tur o‘zgargan. Bizda esa har bir turda shuncha o‘zgarish. Xorijda musobaqa tashkilotchilari taqvim tuzayotganda muxlislarning transportda kelib-ketish vaqtlarini ham inobatga olishadi. Bizda klublarning OChL va terma jamoaning rasmiy hamda o‘rtoqlik o‘yinlari e’tiborga olinganda ham sanog‘i yo‘q o‘zgarishlar kuzatiladi. Ochig‘i, nega undayligini o‘ylab o‘yimizga eta olmadik.

Qosimov boshchiligidagi AGMK

AGMK hozir moddiy tomondan muammolari yo‘q kam sonli jamoalar sirasiga kiradi. Klub o‘tgan yili O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritganidan so‘ng rahbarlar tarkibni kuchaytirish va tajribali murabbiyni olib kelish haqida o‘ylab qolishdi. Baxtiyor Ashurmatov klub tarixidagi birinchi titulni qo‘lga kiritsa ham uning o‘rniga Mirjalol Qosimovni tayinlashdi. Qosimov “Bunyodkor”da o‘zi bilan ishlagan murabbiylar shtabi va ko‘plab futbolchilarni Olmaliqqa chorladi. Ko‘pchilik AGMK bu yurish bilan Superligada raqobatbardosh jamoaga aylanishini taxmin qilgandi. Ammo hozircha unday bo‘lmadi.

1121558292349

Olmaliqliklar OChL o‘tish o‘yinlaridan guruh bosqichiga chiqa olishmadi. Superligada ham yaxshi mavsum o‘tkazishmayapti. Oxirgi turlarda jamg‘arilgan ochkolar evaziga AGMK 10-o‘ringa ko‘tarildi. Ungacha esa klub havfli hududda yurgandi. Vodiy jamoalaridan olingan qimmatli ochkolar Mirjalol Qosimovga tanaffus oldidan biroz “tasalli” berdi.

Vadim Abramovning yoshlari

Mavsum davomida eng ko‘p tilga olingan jumlalardan biri bu – Abramovning yoshlaridir. Ushbu mutaxassis qo‘l ostidagi futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishmoqda. Aksariyat bellashuvlarda tajribali jamoalarga haqiqiy bosh og‘rig‘i bo‘lishdi, ayrimlarida zafar quchishdi. “Paxtakor” maydonida mezbonlar bilan tengma-teng o‘ynagan “qaldirg‘ochlar” alamli tarzda mag‘lubiyatga uchrashdi. Jamoaning sobiq ustozi va futbolchilari (AGMK) to‘qnashuvida esa safardan 3 ochko bilan qaytishni uddalashdi. Asosiy raqobatchilaridan biri hisoblangan “Navbahor”ni Farg‘onada taslim etishdi. Bu bellashuvlarda ishtiyoq tajriba va mahoratdan ustun kelganini ko‘rdik. To‘g‘ri, chempionatimizda yoshlar bilan Ro‘ziqul Berdiev ham ishlamoqda. Biroq Berdiev anchadan beri shu yo‘sinda mehnat qilmoqda va u bunga o‘rganib qoldi. Abramov esa “Bunyodkor”da to‘satdan paydo bo‘ldi va qo‘l ostida bor sanoqli tajribali o‘yinchilar va akademiya tarbiyalanuvchilaridan yaxshi jamoa tuzishi kerak edi. Mutaxassis buni uddalamoqda. Poytaxtliklar moliyaviy inqirozlarga qaramay yaxshi natijalar qayd etishmoqda.

Bir o‘yinchi 5 ta gol urganda

Ilk turda o‘z maydonida “Buxoro” bilan durang qayd etgan AGMK keyingi bahsda safarda “Qizilqum”dan engildi. Olmaliqdagi ikkinchi bellashuvda jamoa “Qo‘qon-1912”ni 7:1 hisobida tor-mor keltirdi. E’tiborlisi, mezbonlarning beshta goliga Zafar Polvonov mualliflik qildi. Bu orqali Zafar to‘purarlar ro‘yxatiga kirdi. Hujumchi shu kuni o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatdi. Shundan so‘ng Polvonov ancha vaqt “yo‘q” bo‘lib ketdi. Hozirga kelib Superligada uning hisobida 8 ta gol bor.

“Ochilish o‘yinlari”

Har yili ko‘plab stadionlarimizda ta’mirlash ishlari olib borilishi va keyinchalik katta bayram qilib, ochilish o‘yinlari o‘tkazilishiga o‘rganib qoldik. Buni qarangki, stadionlar mavsum startiga tayyor bo‘lmasa ham klublar chempionatda ishtirok etishmoqda. Avvalroq esa o‘yingohi talab darajasida emas degan bahona bilan “Mash’al” Superligaga qo‘yilmagandi. Endi esa jamoalar arenalarini to‘g‘rilab olishguncha kutishga to‘g‘ri keldi.

“Andijon” 5-turdagina “Sog‘lom avlod”da to‘p tepdi. “Navbahor” Namanganda ilk uchrashuvini 7-turda o‘tkazdi. Qo‘qonda esa 11-turda “ochilish o‘yini” bo‘lib o‘tdi. Muborakliklarga ham shuncha vaqt berilsa bo‘lardi-ku!

481556982963 (1)

Afsuski, bitta yaxshi jamoani yo‘qotdik. Akademiyasi terma jamoalarimizga futbolchilar etkazib berishda faollik ko‘rsatayotgan “Mash’al”ni boy berdik. Endi bu jamoaga e’tibor avvalgidek emas. Klub ahvoli yildan-yilga yomonlashib bormoqda. Kimlarningdir qarori futbolimizga qimmatga tushgani bor gap.

Murabbiylar qo‘nimsizligi

Murabbiylar – eng og‘riqli nuqtamiz. Bizda trenerlar uzoq vaqt bitta jamoada ishlashi qiyin. Oxirgi paytlarda faqat Ro‘ziqul Berdiev “Nasaf”da anchadan beri faoliyat yuritmoqda. Ammo qolganlar-chi? “Qizilqum”ni o‘ziniki qilib olgan Hamidjon Aktamov ketaman deganidan so‘ng ham u kursisini bo‘shatmaydi. Boshqalar esa murabbiylarni almashtiraverib, charchamayapti. O‘tgan yil bilan taqqoslaganda, faqatgina 5 jamoada murabbiy o‘zgarmadi. Qolganlar hali ham almashtirishda davom etmoqda. Bu borada “Surxon”ga teng keladigani yo‘q. Termizliklar joriy yilning o‘zida bir nechta trenerni “sinovdan o‘tkazish”di. Jamoa mavsumga tayyorgarlikni Ilhom Mo‘minjonov qo‘l ostida boshladi. Biroq Mo‘minjonovning chetlatilishi tufayli “Surxon”ni Anvarjon Soliev boshqarishi ma’lum qilindi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay “rul”ni Andrey Miklyaev egalladi. Ammo uchinchi o‘rinda borayotgan paytda klubda yana murabbiy almashdi. Bu gal Baxtiyor Ashurmatov “Surxon” klubi ustoziga aylandi. Aytishlaricha, trenerlar shtabida tajribali Tachmurod Agamurodov paydo bo‘libdi. Demak, tez orada termizliklar “karvon”ini yangi sorbon boshqarsa ham hech kim ajablanmasa kerak...

aga

Hullas, Superliga-2019 birinchi davrasining o‘zidayoq, 7 klubda murabbiylar o‘zgardi. Bu klub rahbarlarining murabbiylarga ishonchsizligidanmi yoki trenerlarning saviyasi pastligidan? Har kim o‘zi hulosa chiqargani ma’qul.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Олег Шацких
09/07/2019 10:48
Ия поккер киворибману????????????
&
Олег Шацких
09/07/2019 10:48
Узбекистон чемпионати шаффоф булишига 2 та шанба бир келиши керак, унгача хаммаси пойтахт учун.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
06/06/2020 20:29
Utkan yilki sudiyalar qanday sahnaga chiqishgani haqiga ham yozinglada yoshlarimizni oyogiga bolta urgan aslida PFL shu haqiga ham. yozingla. ahir utkan yil. Sudiyala katta sahnaga chiqdiki.
&
Олег Шацких
09/07/2019 10:48
Узбекистон чемпионати шаффоф булишига 2 та шанба бир келиши керак, унгача хаммаси пойтахт учун.
&
Олег Шацких
09/07/2019 10:48
Узбекистон чемпионати шаффоф булишига 2 та шанба бир келиши керак, унгача хаммаси пойтахт учун.
&
Олег Шацких
09/07/2019 10:48
Узбекистон чемпионати шаффоф булишига 2 та шанба бир келиши керак, унгача хаммаси пойтахт учун.
Исмиямин Шукуров
09/07/2019 08:37
Бекзоджон эски рахбарларни хатоларини бирма-бир ёдимизга солиб утибсиз рахмат. Лекин буни уша пайтда, уз вактида ёзганингизда эди янада фойдалирок буларди.
Хозир янги рахбар янги давр бошланди, лекин галати-галати, тушунарсиз ишлар хамон давом этмокда, нахотки эшитмаётган ёки курмаётган булсангиз, ёки бу хакида яна рахбар алмашса ёзасизми унда яна кеч булади.
Кеч булмасдан кулга калам олинг, ШОШИЛИНГ.
&
Ramzis ll
08/07/2019 18:02
Yo'qolsin futbolimizdagi KORRUPSIYA.
&
Boburiy
08/07/2019 17:51
Хайдалган мутахассислар, уларни ўрнига келган палончиларни жиянлари, ўғиллари, қуруқ мамансираган пулдорлар, таниш билишчилик ва футболга ажратилган маблағларни талон-тарожлари,ўғирликлар ўрганилиб чора курилмагунича футболимиз ботқоқга чўкиб тугайди.
Murod Panjiev
09/07/2019 18:24
Сенлар чарчамадинг сурхоникига осилиб эркак булсаларингчи бировни оркасидан гапирмай сенга нима огирлиги тушяпди сурхони нечта мураббий бошкариши пули йук пайт элитадан тушириб юборгандиларинг энди пули бор элитага кайтди кандини урсин куп лата чайналманглар мухбирлар
&
BBS UZB
08/07/2019 20:29
Haqiqatni yozibsiz Bekzod. Shunaqa maqolalar ko'payaversin. Anu savdogar Babayan haqida ham yozing. Borib pistasini sotsin, nima qiladi tushunmagan ishga muylovini tiqib
&
Boburiy
08/07/2019 17:43
Олдинги рахбариятнинг футболда амалга оширган ислохоти хали анчагина футболимиз зарарига ишлашни давом этади.