Chempionlar ligasining 3-tur uchrashuvlaridan so‘ng turnir jadvali qanday ko‘rinishda?

  • 24 oktabr, 2024, 20:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar ligasining 3-tur bahslari ham o‘z nihoyasiga etdi. 2 kun ichida bir nechta muhim to‘qnashuvlardan so‘ng turnir jadvali keskin o‘zgardi. 

Tecno

Unga ko‘ra, Angliyaning ikki klubi etakchilik qilishmoqda. "Aston Villa" va "Liverpul" klublari 3 turda 100 foizlik natija bilan turnir jadvalining yuqori o‘rnida borishmoqda. 3-o‘rinda esa yana bir ingliz klubi "Manchester Citi" 7 ochko bilan raqiblarini ta’qib qilmoqda. "Monako", "Brest", "Bayer", "Inter", "Sporting" va "Arsenal" klublarida ham 7 ochkodan mavjud. 

"Barselona", "Borussiya D", "Real", "Benfika", "Yuventus", "Lill", va "Feyenoord" jamoalari esa 3 turda 2ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bilan 6 ochkodan to‘plab keyingi pog‘onalarda kelishmoqda. 
 
Frantsiyaning PSJ klubi esa uchta uchrashuvdan so‘ng 4 ochko jamg‘arib turnir jadvalining 19-o‘rinida ketmoqda. 1-turda Zagrebning "Dinamo" darvozasiga naqd 9 ta gol urib g‘alaba qozongan "Bavariya" esa navbatdagi 2 ta bahsda "Aston Villa" va "Barselona"ga alamli mag‘lub bo‘lib, 3 ochko bilan 24-o‘rinni egallamoqda. 

"Milan" va "Atletiko Madrid" klublari esa 3 ta uchrashuvdan so‘ng 3 ochko jamg‘arib, 25 va 27-o‘rinlarini band qilishmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, turnir jadvalining 1-o‘rinidan 8-o‘rinigacha bo‘lgan klublar to‘g‘ridan to‘g‘ri pley-off bosqichiga yo‘l olishadi. 9-o‘rindan 24-o‘rinlardagi jamoalar esa saralash orqali 8 tasi keyingi bosqichga yo‘l oladi. 4-tur bahslari esa 5 noyabr kuni "PSV" va "Jirona" klublari o‘rtasidagi to‘qnashuv bilan start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!