Chempionlar ligasida xaftaning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar aniq

  • 24 oktabr, 2019, 11:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3 turning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlarni e’lon qildi. Ular Aleks Oksleyd-Chemberlen, Paulo Dibala, Raxim Sterling va Kilian Mbappe

Tecno

"Liverpul" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen "Genk" (4:1) darvozasiga ikkita gol kiritdi.

"Yuventus" forvardi Paulo Dibala ham "Lokomotiv" (2:1) bilan o‘yinda dubl muallifiga aylandi.

Xavbek Raxim Sterling esa "Manchester Siti"ning "Atalanta" (5:1) bilan o‘yinidagi barcha gollarda ishtirok etdi. U uchta gol, gollik pas va penalti ishlab oldi.

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe esa "Bryugge" (5:0) bilan o‘yinda xet-trik muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!