
Chempionlar Ligasi finalchilari qancha"soqqa" qilishdi?
Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) yakuniga etgan mavsum Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan PSJga 148,4 million evro to‘laydi. Bu haqda Football Meets Data ijtimoiy tarmoq X'da (avvalgi Twitter) xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, PSJ finalda "Inter" ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozongani uchun 6,5 million evro mukofot oladi. Bundan tashqari, Luis Enrike jamoasi UEFA Superkubogida "Tottenxem"ga qarshi bahsda ishtirok etishi uchun yana 4 million evro ishlab oladi.
Musobaqa finalchisi "Inter" esa UEFAdan mavsum yakuniga ko‘ra 136,6 million evro oladi. Chempionlar Ligasi bo‘yicha daromadlar reytingida uchinchi o‘rinni "Arsenal" egallab turibdi — londonliklar 117 million evro ishlab topishgan.
Fikrlar