"Chelsi"ni chempion qilgan murabbiy MYuda ish boshlashi mumkin

  • 25 oktabr, 2021, 17:00
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi vazifasida ishlab kelayotgan Ole-Gunnar Sulsher tez orada iste’foga chiqarilishi mumkin.

Tecno

Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Antonio Konte uning o‘rnini egallashga yaqin turibdi. Ma’lum bo‘lishicha, yaqin kunlarda MYu rahbariyati norvegiyalik mutaxassis borasida so‘nggi qarorni qabul qiladi. Agar u bo‘shatilsa, Konte yana APLga qaytishi mumkin.

Italiyalik murabbiy Premer-ligada "Chelsi" jamoasi bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan. Yakunda, london klubi prezidenti Roman Abramovich bilan munozara tufayli bo‘shatilgandi. U so‘nggi ish joyi "Inter"da ham ichki chempionat oltin medallariga ega chiqqandi.

48 yoshli Sulsher mankuniyaliklar boshqaruvida jami 164 uchrashuv o‘tkazib, 90 ta bahsda g‘alaba qozongan. 38 o‘yinda imkoniyat boy berilgan bo‘lsa, 36 bellashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!