"Chelsi"ga Ronaldu transferi qiziqmi?

  • 23 noyabr, 2022, 14:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq, Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Chelsi"ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Tecno

"The Guardian" nashrining yozishicha, klub Krishtianu transferiga qiziqmayapti. "Ko‘klar" yozda futbolchini xarid qilishga tayyor edi, biroq hozir tavakkal qilmoqchi emas. 

London klubi bosh murabbiyi Grem Potter Krishtianu o‘rniga "Leyptsig" forvardi Kristofer Nkunku variantini maqullamoqda. "Nyukasl" ham Ronaldu transferidan voz kechgandi.

"Manchester Yunayted" kecha hujumchi bilan ikki taraflama shartnomani bekor qildi. Ayni damda "Oltin to‘p"ning besh karra sohibi erkin agent hisoblandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!