"Chelsi"da Sarrining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan 3 ta nomzod bor

  • 11 iyun, 2019, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi “Yuventus”ga ketayotgan Mauritsio Sarri o‘rniga munosib bosh murabbiy qidirishni davom ettirmoqda.

Tecno

Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra jamoaning ayrim rahbarlari klubni Frenk Lempard boshqarishini xohlashmoqda. Ta’kidlash kerakki, “aristokratlar”ning yaqin o‘tmishdagi yulduzlaridan biri hisoblangan Lempard ayni damda "Derbi Kaunti" bosh murabbiyi hisoblanadi. Uning jamoasi ortda qolgan mavsum APLga chiqish uchun pley-offda ishtirok etdi. Biroq, yakunda "Aston Villa"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

“Chelsi” bosh direktori Marina Granovskaya esa jamoaga Massimiliano Allegrini olib kelishni xohlamoqda. Eslatib o‘tish lozimki, italiyalik mutaxassis yaqindagina “Yuventus”dan iste’foga chiqarilgan edi.

Londonliklarning bu boradagi uchinchi nomzodi "Ayaks" ustozi Erik ten Xag hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!