
“Chelsi”da ham "tanish-bilish" bor ekan.
Britaniyaning Daily Mail nashri “Chelsi” mutasaddilari “Kolchester” vakili Frenki Terri bilan shartnoma tuzgani shov-shuvlarga sabab bo‘layotgani haqida axborot tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bunga Frenki “Chelsi” afsonasi Jon Terrining jiyani ekani va mashhur futolchining bu transferga aralashgani sabab bo‘lgan.
“Aston Villa”dan ketganidan keyin sobiq klubiga qaytgan Jon Terri yoshlar jamoasi murabbiylarini jiyani Frenkini ko‘rikka jalb qilishga ko‘ndirgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, ular futbolchini “Kolchester”dan sotib olib, u bilan shartnoma tuzgan.
Nashr jurnalistlari bu futbolchi “Kolchester”da ham o‘zini ko‘rsatolmaganini inobatga olib, qanday qilib “Chelsi” murabbiylarida yaxshi taassurot qoldirganiga qiziqmoqda.
Fikrlar