“Chelsi” yulduzlari Tuxelga qarshi bosh ko‘tarmoqda

  • 27 yanvar, 2022, 10:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

The Athletic nashrining xabar berishicha, “Chelsi”ning Romelu Lukaku boshchiligidagi hujumkor futbolchilari bosh murabbiy Tomas Tuxeldan keskin tarzda norozi bo‘lmoqda.

Tecno

Futolchilarga germaniyalik murabbiyning ularga qilayotgan munosabati yoqmayapti. Manbaning ta’kidlashicha, Tuxel futbolchilar bilan muloqotda ularga ko‘p baqiradi, so‘kinadi va ayovsiz tanqid qiladi.

Bundan tashqari, bosh murabbiy tarkib tanlashda sport printsiplaridan voz kechib, asosan o‘zi yoqtirgan o‘yinchilarga to‘p tepish imkoni berib kelmoqda.

Klub rahbariyati Tomas Tuxel oldiga Angliya premer-ligasi chempionligini qo‘lga kiritish vazifasini qo‘ygan. Tajribali mutaxassis o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi bosh sovriniga ega chiqqan edi.

Mutaxassislar ichki muhit buzilgan jamoa bilan yuqori maqsadlar sari intilishning imkoni yo‘q ekanini aytmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!