“Chelsi” Xolandni taxtdan ag‘daradigan to‘purar topib qo‘ydi

  • 4 sentabr, 2023, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Football London nashrining yozishicha, yozgi transferlar loynasi yopilishi bilan “Chelsi” kelasi yozda amalga oshiriladigan xaridlar borasi reja tuza boshladi.

Tecno

“Aristokratlar” mavsum yakunlanganidan keyin Viktor Osimxenni olib kelmoqchi. Nigeriyalik hujumchining “Napoli” bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq, Neapol klubi rahbariyati va hujumchi o‘rtasida Osimxenni 2024 yilning yozida qo‘yib yuborish haqida erkakcha kelishuv bor.

“Chelsi” rahbariyati “Manchester Siti” gegemonligiga barham berish uchun Erling Xoland darajasidagi hujumchiga ega bo‘lish kerak, degan xulosaga kelgan.

Klub xo‘jayini Todd Byoli katta o‘yinchilarga pulni ayamaydigan xilidan. Keyingi yillarda londonliklar Entso Fernandes va Moyzes Kaysedo uchun 102 va 115 million funt miqdorida pul sarfladi.

Osimxen “Chelsi”ning transfer rekordini yangilashi mumkin. “Chelsi” Viktor Osimxen Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tib, Erling Xolandning to‘purarlik, “Siti”ning chempionlik borasidagi natijalarini yo‘qqa chiqarishini kutyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!