
"Chelsi" Sarrini tez orada iste’foga chiqarishi mumkin
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jamoadan ketishi mumkin.
Daily Express nashrida keltirilishicha, klub rahbariyati Sarrini tez kunlarda iste’foga chiqarish borasida o‘ylamoqda. "Chelsi" Angliya Premer-ligasining 31-turida "Everton" (0:2) bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, rahbariyatning Sarrining klubdagi kelajagiga ishonchi qolmagan.
"Everton"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, "Chelsi" Chempionlar ligasiga beriladigan yo‘llanma uchun kurashdagi imkoniyatini biroz pasaytirib yubormoqda.
Eslatib o‘tamiz, “aristokratlar” ayni damda APLning ortda qolgan 31ta tur yakunlariga ko‘ra musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turishibdi.
Fikrlar