“Chelsi” qimmatga olgan o‘yinchining salohiyatdan boshqa hech vaqosi yo‘q!

  • 4 sentabr, 2022, 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubining sobiq futbolchisi Grem Suness “Chelsi”ning transfer siyosatini keskin tanqid qildi.

Tecno

“Aristokratlar” yozgi transferlar vaqtida yangi o‘yinchilar uchun jami 280 million evrodan ko‘proq mablag‘ sarfladi. Eng qimmat transfer egasi “Lester”dan 80,4 million evroga olingan 21 yoshli himoyachi Uesli Fofana bo‘ldi.

- Antonio Ryudiger va Andreas  Kristensenning ketgani va Tyagu Silvaning yoshi o‘tib qolganini inobatga olib, “Chelsi”ning markaziy himoyachilarga ehtiyoji borligini to‘g‘ri tushunaman. Lekin Fofanani 70 million funtga olinishichi?

U endigina 21 yoshda va salohiyatidan boshqa hech vaqosi yo‘q.

Kukurelyaning 65,3 million evroga olinganida ham hech qanday mantiq yo‘q. Chunki bu pozitsiyada Chiluell bor edi. Kukurelya o‘ziga sarflangan mablag‘ga arzimaydi. Menicha, bu futbolchiga “Siti” qiziqayotganini eshitib, “Chelsi” uni olib qo‘ydi, - dedi Grem Suness.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!