
"Chelsi" "qariya" etakchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Chelsi" klubi direktorlar kengashi tajribali himoyachi Tiagu Silvaning o‘yinidan qoniqish hosil qilmoqda.
"Aristokratlar" 36 yoshli futbolchi bilan tez orada shartnomani uzaytirish borasida muzokaraga kirishishi kutilmoqda. London klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel braziliyalik himoyachini haqiqiy etakchi, deb hisoblaydi. Yakuniy qaror futbolchining fikrini inobatga olgan holda qabul qilinadi.
Silva o‘tgan yozda erkin agent sifatida "Chelsi" tarkibiga kelib qo‘shilgan va 1+1 ko‘rinishidagi shartnomaga imzo chekkan edi. Joriy mavsum u barcha musobaqalarda 21 o‘yin o‘tkazib, 2 ta golga mualliflik qilgan.
Fikrlar