
“Chelsi” olti nafar yulduzi bilan xayrlashmoqda. Birinchisi ketdi
“Chelsi” tarkibi jiddiy o‘zgarishlarga yuz tutmoqda. Yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘zi foydalanmaydigan futbolchilarga chiqish eshiklarini ochib berdi.
Klubni tark etayotgan o‘yinchilar orasida mashhur yulduzlar ham bor, deb xabar tarqatdi The Telegraph nashri.
Jamoada qolishi ko‘p muhokama qilingan N’Golo Kante uzoq o‘ylab o‘tirmay, mo‘may daromad topish maqsadida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga o‘tib ketdi. Arablar bilan to‘rt yillik shartnoma tuzgan futbolchi jami 100 million evro ishlab torpadi.
“Aristokratlar” yozgi transferlar mavsumi davomida yana besh nafar yulduz – darvozabon Eduar Mendi, himoyachi Kalidu Kulibali, hujumkor futbolchi Hakim Ziesh, hujumchilar Romelu Lukaku va Per-Emerik Obameyang bilan ham xayrlashadi.
Fikrlar