
"Chelsi" MYu qiziqayotgan hujumchini qo‘lga kiritmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi "Ipsvich" hujumchisi Liam Delapni qo‘lga kiritish niyyatida. Bu futbolchiga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Britaniyaning mashhur onlayn nashri The Sun.
Manbaga ko‘ra, "ko‘klar" hujumchini xarid qilish uchun "Ipsvich"ga 35 million evro to‘lashga tayyor. Qayd etilishicha, Delapning o‘zi "Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska qo‘l ostida o‘ynashni xohlamoqda. Ular avvalroq "Manchester Siti" akademiyasida birga ishlashgan.
"Ipsvich Taun" APLdan tushib ketgani sababli futbolchining tovon puli 30 million funtni tashkil etadi. Joriy mavsumda Delap 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 2 ta assistga mualliflik qilgan.
Fikrlar