“Chelsi” ko‘p gol uradigan hujumchi uchun uch o‘yinchisidan voz kechadigan bo‘ldi

  • 29 sentabr, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” ko‘p gol uradigan hujumchi qidiryapti. Londonliklar ana shu maqsadda yozda Viktor Osimxenni olmoqchi bo‘ldi. Lekin bu transfer amalga oshmay qoldi.

Tecno

Endi “aristokratlar” e’tiborini A Seriyaning boshqa to‘purariga qaratdi. Ular “Inter” sardori Lautaro Martinesni Angliya Premer-ligasiga olib kelmoqchi.

TodoFichajes nashrining yozishicha, “Chelsi” milanliklarga maxsus taklif tayyorlayapti. Unga ko‘ra, londonliklar uch futbolchisi – Mixail Mudrik, Benua Badyashil va Karni Chukvuemekani “Inter”ga yuborib, ularning o‘rniga Lautaroni berishlarini so‘raydi.

27 yoshli Martines 2018 yildan beri “Inter” sharafini himoya qilib kelmoqda. Har yilti argentinalik futbolchi grand klublardan chorlov oladi. Biroq u biror marotaba “Inter”ni tark etishi haqida o‘ylab ham ko‘rmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!