“Chelsi” klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan quruq qolishi mumkin

  • 5 sentabr, 2021, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” o‘zi ishtirok etgan barcha musobaqalarda g‘oliblik uchun kurashadi va aksariyat hollarda buni uddalagan. “Aristokratlar” hozircha klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqmagan xolos.

Tecno

Londonliklar 2012 yili Evroppa Chempionlar ligasi g‘olibi sifatida jahon chempionatida qatnashib, finalda “Korintians”ga imkoniyatni boy bergan edi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati shu yil oxirida Yaponiyada tashkil etilishi kerak edi. Biroq, bu mamlakatda koronavirus pandemiyasi avj olmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, musobaqa mezboni o‘zgartirilishi kutilmoqda.

Yana bir muhim jihat shundaki, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati keyingi yilga qoldirilishi yoki bekor qilinishi ehtimoli juda katta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!