
"Chelsi" "Inter"ning sobiq futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi
"Portu" klubi himoyachisi Aleks Telles "Chelsi"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Express nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “aristokratlar” 27 yoshli brazilyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirishmoqda. O‘z navbatida Telles ham jamoasini o‘zgartirmoqchi va shu bois “Portu” bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamayapti.
Ma’lumot uchun, Telles “Portu” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar