“Chelsi” Germaniya Bundesligasidan futbolchi xarid qilmoqchi

  • 25 avgust, 2022, 13:22
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" "Lester" himoyachisi Uesli Fofanni sotib olishdan umidini uzgan ko‘rinadi. Boisi, londonliklar unga muqobil variantlarni ko‘rib chiqishni boshladi.

Tecno

“Daily Express” nashri xabariga ko‘ra, London klubi "Bayer" himoyachisi Edmond Tapsobani sotib olish borasida muzokara o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, "Lester" Fofana transferi bo‘yicha "Chelsi"dan kelgan barcha takliflarni rad etdi. Oxirgi marta londonliklar 70 million funt to‘lashga tayyor ekanligi aytildi.

23 yoshli Tapsoba Burkina-Faso terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U 2020 yildan beri “Bayer” sharafini himoya qilib keladi. 2021/22 yilgi mavsum futbolchi “farmasevtlar”ning barcha musobaqalar doirasidagi 29 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!