
“Chelsi” futbolchilari klubga ishonmay qo‘ydi
“Chelsi” o‘yinchilari orasida klubga va rahbariyatga nisbatan ishonchsizlik va norozilik kayfiyati kuchayib bormoqda.
Ayniqsa, klubda tarbiyalangan o‘yinchilar xo‘jayinlar bir kun kelib, Konor Gallaxer, Ian Maatsen, Omari Xatchinson, Levis Xoll singari o‘zini ko‘rsatishga imkoniyat bermasdan, sotib yuborishidan xavotirga tushib qolgan.
Jurnalist Sami Mokbel ta’kidlaganidek, o‘yinchilar o‘zlarini klub tizimida daromad keltiradigan va yangi o‘yinchilarni olish yo‘lida qurbon qilinadigan oddiy vosita sifatida his qilmoqda.
"Aristokratlar" transfer bozorida eng faol klubga aylanib bo‘lgan. Klub yozgi transferlar vaqtida jami 41 ta kirish-chiqish transferlarini rasmiylashtirdi.
Fikrlar