
"Chelsi" bosh murabbiyi: "Jamoamning o‘yinidan mamnunman"
Entso Mareska Angliya Liga kubogida "Barrou"ga qarshi o‘yindan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi
"O‘yin va natijadan juda mamnunman. Biz juda ko‘p o‘zgarishlar qildik. Lekin g‘oyalarimiz o‘zgarishsiz qoldi. Bu esa bizning maqsadlarimizdan biri bo‘lishi kerak. Ya’ni kim maydonga tushishidan qat’i nazar, jamoaning yuzi va obro‘i doimo saqlanib qolsin.
Bizda ligadagi eng yosh tarkib bor. Lekin o‘yin oldidan men futbolchilardan qanchalik jiddiy maqsadda ekanimizni ko‘rsatishni so‘radim.
Nkunku va Jekson ajoyib o‘ynashmoqda. Nafaqat gol urganlari, balki to‘p bilan ham, to‘psiz ham ko‘p ishlaganlari uchun", - dedi "Chelsi" bosh murabbiyi.
Fikrlar