“Chelsi” besh murabbiy bilan muzokara boshladi. Ularning biri kimligi sir tutilmoqda

  • 3 aprel, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati iste’foga chiqarilgan Grem Potter o‘rniga yangi bosh murabbiy qidirmoqda. Ana shu maqsadda klub mutasaddilari o‘zlari tanlagan besh nafar nomzodni suhbatdan o‘tkazishga qaror qildi.

Tecno

Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, “aristokratlar” ro‘yxatidan o‘rin olganlardan Yulian Nagelsmann, Maurisio Pochettino, Luis  Enrike hozirda ishsiz yurgan mutaxassislar hisoblanadi. Bularning barchasi grand jamoalarni boshqarish tajribasiga ega.

To‘rtinchi nomzod Luchano Spaletti. Italiyalik mutaxassis bu mavsum “Napoli”ni uzoq kutilgan chempionalik sari dadil etaklayapti.

“Chelsi” chorlayotgan beshinchi murabbiyning nomi sir tutilmoqda. Barcha murabbiylar o‘z loyihalarini  taqdim qilishi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!